XABAROVSK OʻLKASI

XABAROVSK OʻLKASI — RF tarkibidagi oʻlka. 1938-y. 20 okt. da tashkil etilgan. RF Uzok, Sharqi jan. yarmining markaziy qismida. Jan. gʻarbda Xitoy bilan chegaradosh, sharkda Oxota va Yapon dengizlariga tutash. Tatar va Nevel boʻgʻozlari orqali Saxalin o. dan ajralib turadi. Mayd. 788,6 ming km2. Aholisi 1435,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar (86%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar, nanay, evenk, ulchi, nivx va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 80,6%. Markazi — Xabarovsk sh. Boshqa yirik shaharlari — KomsomolskAmur, Amursk. Tarkibiga 17 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 25 shaharcha, Shantar va b. orollar kiradi.

Xabarovsk oʻlkasi qirgʻoklari kam oʻyilgan. Qirgʻoq chizigʻining uz. 2500 km chamasida. Relyefining 70% dan koʻproq qismi togʻlardan iborat (SixoteAlin, Jugjur va b.). Bu togʻlar Oxota va Yapon dengiziga parallel choʻzilgan. Oʻlkaning eng baland joyi — SuntarXayata choʻqqisi (2933 m). Shim. gʻarbida YudomMay togʻligi bor. Yirik pasttekisliklari: Kuyi va Oʻrta Amur,Evorontugur (jan. va markaziy qismida), Oxota (shim,da). Foydali qazilmalardan oltin, qalay, alyuminiy, temir, qoʻngʻir kumir konlari, grafit, qurilish materiallari mavjud. Iqdimi moʻtadil, mussonli iqlim. Qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi iliq, sernam. Yanv. ning oʻrtacha trasi —22°dan (jan. da) — 40°gacha (shim. da); dengiz sohilida — 15°dan —25°gacha, iyulniki 1Gdan (dengiz boʻyi qismida) 21° gacha (ichki janubiy rnlarda). Yillik yogʻin 400 mm dan (shim. da) 800 mm gacha (jan. da), SixoteAlinning sharqiy yon bagʻirlarida 1000 mm gacha. Vegetatsiya davri oʻlkaning jan. da 170—180 kun. Eng yirik daryosi — Amur va uning irmok,lari (Bureya, Tunguska, Goryun, Amgun, Ussuri, Anyuy, Gur). Yirik koʻllari: Bolon, Padali, Xummi, Kadi, Udil, Oryol, Evoryan.

Chimli podzol, oʻtloqibotqoq, qoʻngʻir, qoʻngʻiroʻrmon tuproqlar tarqalgan. Xabarovsk oʻlkasi tayga zonasida joylashgan. Oʻrmonlar oʻlka hududining 50% ni egallagan. Dauriya tilogʻochi, rayan qoraqaragʻayi, oqqaragʻay, daryo sohillarida koreya kedri, shumtol, zarang, grab, qayin, joʻka oʻsadi. Taygada los, shimol bugʻusi, qoʻngir ayiq, silovsin, boʻri, sobol, tulki, suvsar, yelik, kolonok; qushlardan karqur, chil yashaydi. Koʻl va daryolarida baliqning 100 dan ortiq turi bor (jumladan, amur choʻrtani, amur, bakrabaliq, tovonbaliq, laqqa, taymen, leshch, sazan, yelimbaliq va b.). X. oʻ. da Bolshe xexuir, Botchi, Bureya, Jugjur, Komsomolsk qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (okean va dare kemalari, samolyotsozlik, «Daldizel» korxonasi, metall kesuvchi stanoklar, kuyuv mashinalari va b.), qora metallurgiya (qora metall prokati, poʻlat — «Amurstal» korxonasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz (fanera, sellyuloza va b.), konchilik (kumir, rangli metallar rudasi, qalay va misning boyitilgan rudalari), kimyo (oltingugurt, kislorod, shina taʼmirlash, sintetik yuvuvchi vositalar, kimyo farmatsevtika, gidroliz va biokimyo zavodlari), baliq hamda oziq-ovqat va yengil sanoatlar. Asosiy sanoat markazlari — Xabarovsk, Komsomolsk-Amur, Sovetskaya Gavan, Nikolayevsk-Amur, Amursk.

Q. x. da suli, arpa, bugʻdoy, soya, kartoshka, sabzavot ekiladi. Chorvachiligi, asosan, sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Parrandachilik, asalarichilik rivojlangan (asaL va asalari mumi eksport qilinadi). Oʻlkaning shim. da bugʻuchilik bilan shugʻullaniladi, darrandachilik va ov xoʻjaligi xam muxim tarmoq hisoblanadi. T. y. lar uz. 2307 km. Oʻlkaning jan. kismidan Transsibir, markaziy qismidan BaykalAmur t. y. magistrallari oʻtadi. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 4389 km. Dengiz transporti rivojlangan. Portlari: Vanino, NikolayevskAmur, Oxotsk. Amur daryosida kemalar qatnaydi. Xabarovskda xalqaro aeroport faoliyat koʻrsatadi. 2 i. t. instituta, 10 ga yaqin oliy oʻquv yurti, 34 ilmiy muassasa, muzey, 4 teatr bor. 10 dan ziyod sanatoriykurort va dam olish muassasalari, shu jumladan, mineral suvlari kurorta mavjud.