XABIBULIN Ozad Garifovich

XABIBULIN Ozad Garifovich (1949.26.7, Gʻijduvon) — monumental rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2004). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tutatgan (1973). 1974-y. dan Toshkent haykaltaroshlik va monumental sanʼat ktida rassom. X. ijodida majoziy qiyofalar shakl va milliy naqqoshlik sanʼatining uygʻunligida oʻziga xos yangicha talqinga ega boʻldi: «Planeta hayoti» (OʻzR Matbuot markazida), «Sharq allomalari» (OʻzR Fan va texnika markazida), «Amir Temur saltanati» (Oʻzbekiston Baynalmilal madaniyat markazida), «Ilhom pariyey», «Sirli olam» (Oʻzbekiston konservatoriyasida); «Baxt uyi» (Navoiy sh.), Oʻzbekiston qurolli kuchlari tarixi muzeyi, «Toshkent» va «Oybek» metro bekatlaridagi kulollik va mozaika bezaklari va b. 1977-y. dan Respublika va Xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi.