XOʻJAYEV Fayzulla (1896.1.7, Buxoro — 1938.15.3, Moskva) — davlat va siyosat arbobi. Savdogar oilasida tugʻilgan. Buxoro madrasasida 2 y. tahsil olgach, 1907—12 y. larda Moskvada xususiy maktabda oʻqigan. Buxoroga kaytgach, 1912-y. dan yosh buxoroliklar partiyasining, 1913-y. dan partiya MKning aʼzosi boʻldi. Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, yosh buxoroliklar siyosiy faoliyatini moddiy qoʻllabquvvatlashga sarfladi. 1917-y. dan boshlab X. va Figprat partiyaning soʻl qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval konstitutsion monarxiya, soʻngra demokratik respublika tuzish uchun kuraщdilar. Yosh buxoroliklar amir tomonidan taʼqib kilingach, X. va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur boʻlishdi. X. 1920-y. yanv. da Toshkentda tuzilgan inkilobchi yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, «Uchqun» gaz. muharriri (1920-y. apr. — sent.). 1920-y. 14 sent. da BXSR hukumati — Xalq Nozirlar Shoʻrosi tuzilib, X. hukumat boshligʻi qilib saylandi. BXSR tashki ishlar noziri (1920—22), harbiy ishlar noziri (1921—24), ichki ishlar noziri (1922), BXSR Mexnat va mudofaa kengashi raisi (1922—24). Shuningdek, Sharkiy Buxoro Inqilobiy harbiy kengashi raisi (1923 — 24), SSSR HarbiyDengiz ishlari xalk, komissarligining Oʻzbekiston SSR boʻyicha rasmiy vakili (1925-y. dan).
X. BXSRning mustaqil ichki va tashki siyosat yuritishiga, iktisodiy islohotlar oʻtkazish va demokratik erkinliklarni joriy kilishga aloxida eʼtibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afgʻoniston, Xitoy, Ozarbayjon, XXSR, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatik aloqalar Urnatgan. U talabalarni xorijga junatib oʻqitishning tashabbuskorlaridan biri boʻlgan. Oʻzbekiston SSR Inqilobiy qoʻmitasi (Revkom) — Muvaqkat ishchidehqon hukumata raisi (1924-y. noyab. — 1925-y. fev.), OʻzSSR X. oʻz faoliyati davomida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U (VKPb) MK Oʻrta Osiyo byurosi va Oʻzbekiston KP MKga nisbatan muxolifat mavqeida turgan «oʻn sakkizlar guruhi» (1925-y. noyab.) ga xayrixoh boʻlgan.. «Quloq»larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. Oʻzbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. Oʻzbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor boʻlgan.
X. davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsistjurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning «Buxoro inqilobining tarixiga materiallar» (1926), «Buxorodagi revolyutsiya va Oʻrta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir» (1932) kitoblari, «BXSRdagi iqtisodiy ahvol» (1924), «Yosh buxoroliklar toʻgʻrisida» (1926), «Jadidlar» (1926), «Bosmachilik» (1930) maqolalarida Oʻzbekiston tarixining 20-a. 1 choragidagi jiddiy muammolar koʻrsatilgan. X. 1937-y. 9-iyulda Moskvada qamoqqa olindi. Unta Sovetlarga qarshi «Oʻng troskiychi blok» faoliyatiga qoʻshilganligi hamda «Milliy ittihod» tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, «bosmachilik» harakati va qoʻrboshilarni qoʻllabquvvatlaganlik, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va b. oʻzbek ziyolilariga gʻamxoʻrlik koʻrsatganlik kabi ayblar qoʻyidsi va otishga hukm qilindi. Hukm Moskva atrofidagi Butovo katlgohida ijro etilgan.
1965-y. 6-martda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi Xoʻjayevni aybsiz deb topdi va okdadi. Oʻzbekistonda Xoʻjayevning 100-yillikyubileyi nishonlandi (1996). X. asarlari va u haqidagi tadkiqotlar nashr etiddi. «Buxoroning jin koʻchalari» (A. Muxtor) qissasi, «Inkilob tongi» (K. Yashin) dramasi, «Men yashashni istayman» (N. Naymov) romanxronikasi va b. asarlar X. faoliyatiga bagʻishlangan. Buxoro universiteti, Buxoro sh. dagi ped. kolleji, Buxoro sh. dagi koʻcha, Toshkentdagi metro bekati, koʻcha, koʻplab shirkat xoʻjaliklari, maktab va mahallalar X. nomi bilan ataladi. Buxoroda haykali bor. BXSRning Qizil yulduz (I darajali) ordeni bilan mukofotlangan (1922).
As: Izbrannыye trudы, t. 1—3, T., 1970 — 73; Tanlangan asarlar, 1—3j. lar, T., 1976 — 80; Ad.: Politicheskaya jizn russkix musulman do fevralskoy revolyutsii, Oksford, 1987; Fayzulla Xoʻjayev qayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar, T., 1997; Fayzulla Xodjayev. 100 let, Navoi, 1996; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Eshonov O. E., Fayzulla Xoʻjayev, T., 1973; Hasanov M., Fayzulla Xoʻjayev, T., 1990; Baqoyev M., Fayzulla Xoʻjayevjurnalist va publitsist, T., 1992; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.
Qahramon Rajabov.