XOʻJABAQIRGʻON

XOʻJABAQIRGʻON — Fargʻona vodiysidagi dare. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 117 km. Havzasining umumiy mayd. 2150 km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,3 m3sek. Muzlik va qor suvlaridan toʻyinadi. Asosiy irmoqlari — Laylak va Qozbola. Koʻp qismi Qirgʻiziston hududidan oqadi, suvi sugʻorishga sarflanib, Tojikistonning Xoʻjand sh. yaqinida tugaydi.