XUANXE

XUANXE, Sariq daryo Xitoyning sharqiy qismidagi daryo. Uz. 4845 km, havzasining mayd. 771 ming km2. Tibet togʻligining sharqiy qismidan, 4000 m balandlikdan boshlanib, OrinNur va JarinNur koʻllari orqali, Kunlun va Nanshan togʻlari tarmoqlari orasidan oqadi. Oʻrta oqimida, Ordos va Lyossli platoni kesib oʻtayotib, katta meandralar hrsil qiladi. Quyiroqda, chuqur daralardan oʻtgach, soʻnggi 700 km masofada Buyuk Xitoy tekisligidan oqadi. Sariq dengizning Boxayvan qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 2000 m3/sek., rejimi mussonli, yozda toshadi. Tekisliklarda suv sathi 4— 5 m, togʻlarda 15—20 m gacha koʻtariladi. Daryo yiliga 1300 mln. t okiziq keltiradi va bu jihatdan dunyoda 1oʻrinni egallaydi. X. va uning irmoqlari keltirgan juda koʻp miqdordagi oqizikdardan suv loyqalanib, sariq gus oladi (daryo nomi shundan). Oqiziqlar quyi qismida toʻplanib borib, daryo oʻzanini koʻtaradi. Natijada tekislikdan oʻtgan qismida daryo oʻzani tevarakatrofdagi tekisliklardan 3—10 m baland. Toshqinlarning oldini olish maqsadida uz. 5 ming km li dambalar bilan oʻralgan. X. va uning irmoqlari gidroenergiya zaxirasiga boy. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Ayrim qismlarida (jami 790 icm) kema qatnaydi. X. havzasi Xitoyning aholisi eng zich rnlaridan biri. Buyuk kanal orqali Xuayxe daryosi bilan bogʻlangan. X. boʻyida Lanchjou, Baotou, Loyan, Chjenchjou, Kayfin, Szinan kabi yirik shaharlar joylashgan.