XUAN KARLOS I

XUAN KARLOS I (Juan Carlos I; toʻliq nomi — Xuan Karlos Viktor Manuel de BurboniBurbon) (1938.5.1, Rim) — Ispaniya davlat arbobi. Barselona grafi Don Xuan oʻgʻli, qirol Alfons XIII nevarasi. Madriddagi «SanIsidro» kollejini tugatgan (1954), umumqoʻshin, harbiydengiz va aviatsiya bilim yurtlarida oʻqigan (1955—59). Armiya, aviatsiya va flot generalkapitani. Madrid universitetida tarix, falsafa, iqtisodiyot fanlarini oʻrgangan (1960—62), Ispaniyadagi turli vazirlik va davlat muassasalarida tajriba orttirgan. 1969-y. Ispaniya davlat boshligʻi general Franko Xuan Karlos Ini oʻzining rasmiy vorisi — Ispaniya shahzodasi etib tayinlagan. Franko vafotidan soʻng, 1975-y. 25 noyab. dan Ispaniya Qirolligi qiroli. Ayni vaqgda Ispaniya qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni.