XRUSHCHYOV Nikita Sergeyevich [1894. 5(17)4, Kursk gubernyasi Kalinovka qishlogʻi — 1971.11.9, Moskva] — KPSS MK 1kotibi (195364), ayni vaqtda sobiq Ittifoq Ministrlar Soveti raisi (1958—64). 1931-y. dan Moskvada partiya ishida, 1935—38 y. larda VKP (b) Moskva viloyati va shahar komiteti 1kotibi. 1938-y. —1947-y. mart va 1947-y. dek. —49 y. Ukraina (KPb) MK 1kotibi, ayni vaqtda 194447-y. Ukraina XKS (MS) raisi. Moskva va Ukrainada ommaviy katagʻonlarning tashkilotchilaridan. 1941 — 45 y. lardagi urushda bir necha frontlar Harbiy Kengashi aʼzosi. 1949-y. dan VKP (b) MK kotibi va ayni vaqtda (1949—53) VKP (b) Moskva komiteti 1kotibi. 1939—64 y. larda MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzosi. Ichki va tashki siyosatni «yumshatish», qatagʻon qurbonlarini oqlash tashabbuskorlaridan biri; partiyadavlat tizimini zamonga muvofiqlashtirishga urindi. KPSSning 20 (1956) va 22 (1961) syezdlarida I. V. Stalin shaxsiga sigʻinishni va uning faoliyatini keskin tanqid qildi. Biroq mamlakatda yakka partiya hukmronligining saqlanishi, oʻzgacha fikrlovchilarga yoʻl bermaslik, namoyishchi ishchilarning otilishi (1962-y. Novocherkasekda va b.), ziyolilarga zugʻum qilish, boshqa davlatlarning ishiga aralashish (1956-y. da Vengriyaga qurolli intervensiya va b.), Gʻarbga nisbatan harbiy qaramaqarshilikning kuchayishi (1961-y. dagi Berlin va 1962-y. dagi Karib tangliklari va b.), shuningdek, siyosiy va iqtisodiy xomxayollik («Amerikani quvib yetish va undan oʻzib ketish» kabi shiorlar), 1980-y. ga kommunizm qurish vaʼdalari uning siyosatida ziddiyatlar va poymapoylikka olib keldi. Oliy davlat va partiya apparatidagi norozilik Xrushchyovni egallab turgan barcha lavozimlaridan olinishiga sababchi boʻldi. X. xotiralar yozgan. Ular 1981 AQSHda, 1997-y. Rossiyada, toʻliq matni 1999-y. da eʼlon qilingan.