XORIYEN QALʼASI

XORIYEN QALʼASI, Xoriyen qoyasi — makedoniyalik Iskandar (Aleksandr) nint Turonzaminga qilgan bosqinchilik yurishi davrida mahalliy eparx (hokim) lardan biri — Xoriyen rahbarligida olib borilgan mudofaa (mil. av. 328-y.). Aleksandr Sugʻd qoyasshsh egallagach, Paretaka («Togʻlar oʻlkasi») viloyatiga (Jan. Oʻzbekistondagi Boysun togʻlari) yoʻl olgan. Bu yerdagi mustaxkam qalʼalardan biriga Xoriyen boshqa aslzodalar bilan oʻrnashib olgan. U uzoq muddatga yetadigan oziq-ovqat zaxirasini gʻamlab, mudofaaga shay boʻlib turgan. Kdlʼaning bal. 20 stadiy, aylanasi 60 stadiyni tashkil qilgan (1stadiy — 176,6 m). Qalʼa tik yon bagarli togʻda joylashib, unga faqat birgina tor soʻqmoq yoʻl orqaligina chiqish mumkin boʻlgan. Qoya tepasidan tez oqar togʻ daryochasi oqib tushgan. Qalʼaning tevarak atrofi chuqur xandaq bilan oʻrab olingan. Qamaldagilar kutmaganda Aleksandrning shaxsan rahbarligida makedoniyaliklar qisqa muddatda xandaqni mixlar yordamida bir-biriga biriktirilgan qaragʻay (archa) yogʻochlari bilan toʻldiradilar. Kdmaldagilar dastavval dushmanning bu ishlariga befarq qarashgan, biroq makedon qoʻshini koʻplab shotilar yasab, togʻ tepasiga chiqa boshlaganlarini koʻrgach, Xoriyen taslim boʻlishga majbur boʻlgan. Aleksandr 500 ta qalqonbardori bilan qalʼaga koʻtarilib uning naqadar mustahkam ekanligiga shohid boʻlgan. Qishning qorboʻronlaridan sshtlasi qurigan, oziq-ovqat zaxirasi tugay deb qolgan makedon qoʻshini uchun Aleksandr Xoriyen qalʼasi dagi oziq-ovqat zaxirasini olgan. Aleksandr qalʼani va uning atrofidagi viloyatni Xoriyen ixtiyoriga qoldirib, oʻzi Baqgriyaga yoʻl olgan.

Ad.: Arrian, Poxod Aleksandra, M. — L., 1962.