XOR MUSIQASI

XOR MUSIQASI — musiqa turi; xor ijrosi uchun moʻljallangan musiqa asarlaridan iborat. Xalq va professional, diniy va dunyoviy Xor musiqasiga ajratiladi. Professional Xor musiqasida messa, motet, madrigal, kantata, oratoriya, rekviyem kabi janrlar mavjud. Oʻzbekistonda Xor musiqasi 1930-y. larda yuzaga kelgan. Ilk namunalari oʻzbek xalq qoʻshiqlarining xor aranjirovkalari (mas, Ye. Romanovskayaning «Paxta teradi»), oʻzbek musiqali drama va ilk oʻzbek operalaridagi xorlardan iborat. Mustakil Xor musiqasi asarlari (kantata, oratoriya va b.) 1940—60 y. larda rivoj topdi (S. Yudakov, M. Ashrafiy, Ik. Akbarov, M. Burhonov va b.). Keyingi yillarda oʻzbek va b. xalk kuylarini kayta ishlash janrida M. Burhonov. S. Boboyev, B. Umidjonov, N. Sharafiyeva va b. samarali ijod qilishgan. M. Bafoyev, B. Lutfullayev, H. Rahimov, F. YanovYanovskiy, N. Gʻiyosov, D. Omonullayeva va b. oratoriya, poema, kantata, xor simfoniyasi va b. turkumli asarlar yaratishgan.