XOLIQIY

XOLIQIY Muhammadjon (1890, Qoʻqon — 1938.18.11, Buxoro viloyati) — maʼrifatparvar pedagog. Qoʻqon va Buxoro madrasalarvda oʻqigan. 1910-y. oʻz uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni oʻqitgan; shoir Charxiy shu maktabda oʻqigan. 1917-y. Koʻqondagi «Taʼlimi maorif» («Maorif tarqatish») jadidlar tashkilotida sarkotib boʻlgan. 1917—26 y. larda Qoʻqondagi dorilmuallimin (1920-y. dan taʼlimtarbiya texnikumi)da husnixat, ona tili va adabiyotdan dare bergan; dorilmualliminda yozuvchi Abdulla Qahhor, akad. lar T. Zohidov, J. Saidov oʻqigan. Ayni paytda 1918—28 y. larda Qoʻqondagi 11maktabda oʻqituvchi. 1929—30 y. larda va 1937-y. dan millatchilikda ayblanib, hibsda boʻlgan. Turmada vafot etgan. 1913-y. dan jadid matbuotida ilmmaʼrifatga doir maqolalarini eʼlon qilgan. «Turkiy alifbo» darsligi (1916), «Jumhuriyat nima?» (1917) risolasi muallifi.