XLORELLA

XLORELLA (Chlorella) — bir hujayrali xlorokokk suvoʻtlar urugʻi. Hujayrasi sharsimon, 15 mkm, qobigʻi silliq, 4—8 (baʼzan 16) tagacha avtosporalar hosil kilish orqali jinssiz koʻpayadi. 20 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi tarkalgan. Chuchuk va dengiz suvlarida, nam tuprokda uchraydi; lishayniklar va suvda yashovchi organizmlar tanasida simbioz yashaydi. Oqar suvlarni biologik tozalashda, yopiq ekosistemalar (mas, kosmik kemalar, suv osti kemalari)da havoni qayta tozalashda va fotosintez jarayonlarini oʻrganishda keng miqyosda foydalaniladi.