XISHROV

XISHROV — Samarkand viloyatidagi shaharcha. Samarqand sh. dan 7 km. Dargʻom kanalining oʻng sohilida. Maʼmuriy jihatdan Samarqand shahar Kengashiga qaraydi. 1951-y. da tashkil etilgan. Aholisi 4,5 ming kishi (2003). Xishrovda avtokorxona, «Oʻzelektrqurilish» mexanizatsiyalashgan kolonnasi, Xishrov GES kaskadi, «Samarqand» kichik styasi, gidrotsex, transport sexi, tikuvchilik atelyesi, dehqon bozori va b. bor. Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, kasalxona, ambulatoriya, tibbiy punkt mavjud. Kutubxona, madaniyat uyi aholiga xizmat koʻrsatadi.