XIVA TUMANI

XIVA TUMANI — Xorazm viloyatidat tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Tuman shim., shim. gʻarb va gʻarbdan Qoʻshkoʻpir, shim. sharqdan Urganch va Xonqa, sharqdan Yangiariq tumanlari, jan. va jan. gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,47 ming km2. Aholisi 174,5 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Xiva), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gandimiyon, Dashyoq, Juryon, Irdimzon, Oqyop, Sayot, Chinobod, Shomoxulum, Eski Qiyot) bor. Markazi. — Xiva sh.

Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining chap sohilidagi tekislikda joylashgan, oʻrtacha bal. 97 m. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. Yillik oʻrtacha tra 12, G. Oʻrtacha tra yanv. da —4,5°, iyulda 27,4°, eng past tra —31°, eng yuqori tra 45°, 46°. X. t. respublikaning yogʻin kam yogʻadigan tumanlaridan biri. Yillik yogʻin mikdori 100 mm. Vegetatsiya davri 200 kun. Tuproklari allyuvial, oʻtloqi, shoʻrxok, taqir va qumli choʻl tuproqlaridan tashkil topgan.

Yovvoyi oʻsimliklardan qizilmiya, shoʻra, olaboʻta, otquloq, qirqboʻgʻim, chirmovuq, isiriq, qamish, yulgʻun, semizoʻt, boʻritaroq, tol, jiyda, turangʻil, terak, yantoq, koʻkpechak, takasoqol, ajriq, zarpechak va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, chiyaboʻri; kushlardan sassiqpopishak, qoʻton, birqozon, moʻylovli chittak, zargʻaldoq, inuya, musicha, dehqonchumchuklar uchraydi. Sudraluvchilardan toshbaqa, kaltakesaklar (kulrang va taroq barmokli gekkon, yumaloq boshli kaltakesaklar) yashaydi; koʻllarda karp, olabugʻa, laqkabaliq, choʻrtanbaliq va b. bor. Yer osti suvlari yuza (0,8—1 m) joylashgan. Tuman hududida Shoʻrkoʻl, Qorakoʻl, Ravotkoʻl, Gʻovukkoʻl va b. koʻllar bor.

Q. x. ekinlarini sugʻorishda Polvonyop, Gʻozovot, Angariq, Sirchali, Pishkanik va b. kanal va ariqlar suvlaridan foydalaniladi. Qurilish materiallaridan kum, gil (loy) bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qozoq, turkman va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 371 kishi. Shahar aholisi 51,2 ming kishi, qishloq aholisi 123,3 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tumandapaxtatozalash, sopol buyumlari, sut, gʻisht, avtomobil taʼmirlash zavodlari, gazkompressor styasi, 2 avtokorxona, «Xiva gidami» aksiyadorlik jamiyati, non ktlari, gilam toʻqish, tikuvchilik, parrandachilik fkalari, qurilish tashkilotlari va b. mavjud. Tumanda faoliyat koʻrsatayotgan 1563 korxonadan 95 tasi yirik, 18 tasi oʻrta, 106 tasi kichik korxona, 1344 tasi mikrofirmadir (2004). Uzbekistan—Latviya — Shveysariya «Kompleksimxiva», Uzbekistan—Angliya «Xiva», Oʻzbekiston— AQSH «Xiva malikasi», Uzbekistan— Germaniya «Xiva—Karpet» kabi qoʻshma korxonalar samarali ishlab kelmoqda. Tumanda va, ayniqsa, Xiva sh. da yogoch oʻymakorligi, mis oʻymakorligi, kulolchilik, zargarlik, gilamchilik, ganchkorlik, naqqoshlik, shuningdek, temirchilik, misgarlik, xarrotchilik, chugurmadoʻzlik, tunukachilik, tandirchilik, duradgorlik, etikdoʻzlik, tikuvchilik va b. hunarmandchilik sohalari qdsimdan rivojlangan. Xiva bozori viloyatdagi yirik bozorlardan hisoblanadi. Xiva tumanida 6 shirkat uyushmasi, 3 fermer xoʻjaligi uyushmasi, MTP va b. mavjud. Tuman q. x., asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Gʻallachilik, mevachilik, polizchilik, tokchilik, pillachilik ham rivojlangan. Jami yer maydoni 39 ming ga, shundan ekin maydonlari 17,1 ming ga. 7,7 ming ga maydonga paxta, 5,6 ming ga yerga don, 421 ga yerga kartoshka, 1,7 ming ga yerga sabzavot, 400 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. Shuningdek, ozuqa ekinlari ham yetishtiriladi. Bogʻlar 755 ga, tokzorlar 26 ga, tutzorlar 275 ga, oʻrmonlar 7682 ga yerni egallaydi (2004).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 49,2 ming qoramol (shu jumladan, 21,2 mingga yaqin sigir), 22,1 mingdan ziyod qoʻy va echki, 240 mingdan ziyod parranda bokiladi (2004).

2003/04 oʻquv yilida tumandagi 57 umumiy taʼlim maktabida 42 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. Shu jumladan, 42 oʻrta, 10 toʻliqsiz oʻrta maktab, 2 gimnaziya, 2 litsey, ixtisoslashgan maktab faoliyat koʻrsatadi. Xiva tumanida 2bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, bolalar musiqa maktablari bor. Xiva sh. da Xorazm Maʼmun akademiyasi, Qoraqum i. t. stansiyasi, Xiva tarixiymeʼmorlik Ichan sala muzeyqoʻriqxonasi, madaniyat va istirohat bogʻi, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, xalq teatri, shahar va tuman markaziy kutubxonalari va ularning filiallari, 31 klub, «Doston» va b. folkloretnografik dastalar bor. Markaziy stadion, sport majmuasi, 68 futbol, 46 basketbol, 48 voleybol, 34 qoʻl toʻpi maydonlari, 43 sport zali, 4 tennis korti va b. sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, 13 qishloq vrachlik punkta, 4 ta tibbiy dispanser, 3 feldsherlik sogʻlomlashtirish, 18 feldsherakusherlik punkti, 7 poliklinika, dorixonalar va b. tibbiy muassasalarda 469 vrach, 1150 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Tuman hududi orqali Xiva—Toshkent, Xiva—Urganch, Xiva—Qoʻshkoʻpir, Xiva—Yangiariq, Xiva—Bogʻot, Xiva — Hazorasp va b. yoʻnalishlarda avtobus va marshrut taksilari qatnaydi. Xiva — Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Meʼmoriy yodgorliklardan Shohimardon, Shayx Mavlon bobo, Otajon toʻra meʼmoriy majmualari, Chodra hovli meʼmoriy obidasi, Ibrohim xoʻja madrasasi, Qubla Tozabogʻ saroyi va b. saklanib qolgan.

1931-y. 7-noyabrdan «Xiva tongi» tuman gaz. nashr etiladi (adadi 1500).

Gulorom Masharipova, Sanjarbek Davletov.