XAFEL

XAFEL — Germaniyadagi dare, Elba daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 341 km, havzasining mayd. 24,4 ming km2. Meklenburg koʻlli platosidan boshlanib, Shim. Germaniya payettekisligidan koʻl va suv omborlari orqali oqadi. Asosiy irmogʻi — Shpre daryosi. Oʻrtacha suv sarfi 80 m3/sek. Kanallar orqali Oder va Elba daryolari bilan boglangan. X. boʻyida Berlin, Brandenburg, Potsdam sh. lari joylashgan.