XAMUN

XAMUN — Seyiston botigʻidagi (bal. 480 m) chuchuk va shoʻr suvli oqmas kullar guruhi, Eron va Afgʻonistonda. Hilmand, Hashrud va Farruxrud daryolari bahorgi toʻlin suv davrida yagona suv havzasini (mayd. 2—3 ming km2, chuq. 1—1,5 m) tashkil etadi. Qamishzorlar bor. Suv parrandalari qishlaydigan joy.