XAMARDABAN

XAMARDABAN — RFning Buryatiya Respublikasidagi togʻ tizmasi. Baykal koʻlining jan. va jan. sharqiy sohillarida. Uz. 420 km, eng baland joyi — BayshintOʻla (2995 m). Gneys, kristalli slanes, ohaktosh, bazaltdan tashkil topgan; granit intruziyasi koʻp. Iqlimi keskin kontinental. Yillik yogʻin 400— 500 mm, gʻarbiy qismida 800 — 1300 mm. Shim. yon bagʻirlarida oqqaragʻaykedr, jan. yon bagʻirlari qaragʻaytilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan. Jan. da oʻrmonli dasht va dasht yerlar uchraydi. 2000 m dan balandda togʻ tundrasi oʻsimliklari oʻsadi.