XALQOBOD

XALQOBOD — Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1966-y. dan). 1948-y. da issiqlik elektr markazi va «Oʻzbektomyopqich» ktining qurilishi (1965) munosabati bilan vujudga kelgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Pop (3 km). Axoliyey 8 ming kishi (2003). Xalqobodda oʻramli tom yopqich ashyolar k-ti (ruberoid, pergamin, karton, izolyatsiya materiallari i. ch.), notoʻqima materiallar i. ch. birlashmasi mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, 2 kutubxona, sogʻlomlashtirish punktlari, poliklinika bor.