XALQARO SUD

XALQARO SUD — BMTning asosiy sudlov organi. 1945-y. tashkil topgan. Davlatlar oʻrtasidagi yuridik nizolarni ularning roziligi bilan hal qiladi va huquqiy masalalar boʻyicha tavsiyaviy xulosalar beradi. 15 nafar sudya lardan iborat, ular BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan 9 yilga saylanadi. BMT Ustavining ajralmas qismi hisoblanadigan Statut asosida ish olib boradi. Xalqaro sud Gaaga sh. da joylashgan.