XALAJ TILI — turkiy tillardan biri. Markaziy Eronda, Tehronning jan. garbida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 20 ming kishi atrofida (oʻtgan asr 80-y. lari oxiri). Shevalari 2 guruxga — shim. va jan. guruxdarga boʻlinadi.
Xalaj tilida qad. turkiy til elementlari, xususan, birlamchi choʻziq unlilar saklangan; soʻz oʻrtasi va oxirida boshqa turkiy tillarda z, t, j, r kelgan oʻrinlarda d qoʻllanadi. Ayrim kelishik qoʻshimchalari va feʼl shakllarida ham bir qator oʻziga xosliklar mavjud. Leksikada eng qad. turkiy qatlam hamda kelib chiqishi noaniq boʻlgan soʻzlar qatlami ajralib turadi; ozarbayjon tilidan, eroniy lahjalardan oʻzlashmalar bor. Asosan, xotinqizlar oʻrtasida kundalik muomala tili hisoblanadi.