XAYFON

XAYFON — Vyetnamdagi shahar. Atrofidagi hududlar bilan markazga boʻysunuvchi maxsus maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 784 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Xongxa daryosi deltasining shim. dagi yirik dengiz porti. Mamlakatning muxim sanoat markazi. Sement, oynashisha, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, kemasozlik, kema va avtomobillarni taʼmirlash hamda boshqa korxonalari mavjud. Anʼanaviy hunarmandchilik rivojlangan. Baliq ovlash markazi. Shaharga 19-a. da asos solingan.