XAZINA BILETLARI

XAZINA BILETLARI — valyutaga va oltinga maydalanmaydigan, hukumatning xazina tashkiloti (aksariyat hollarda Moliya vazirligi) tomonidan muomalaga chiqariladigan qogʻoz pullar va xazina tashkilotlarining qisqa muddatli majburiyatlari. Davlat xarajatlarini moliyaviy taʼminlash uchun chikariladi. Ayniqsa, 1914—18 y. lardagi 1va 1939—45 y. lardagi 2-jahon urushi davrida byudjet takchilligi va harbiy xarajatlarni qoplashda Xazina biletlaridan keng foydalanilgan. Sobiq SSSRda 1991-y. ga qadar 1, 3, 5 rubl qiymatidagi Xazina biletlari muomalada boʻlgan. Xazina biletlari hozirgi davrda kam qoʻllanadi va muomalada yurgan qisqa muddatli davlat majburiyatlariga kiradi. Oʻz moxiyatiga kura, Xazina biletlari davlat Markaziy banki chikaradigan banknotlarta — bank qogoz pullariga yakin turadi.