XADICHA BEGIM

XADICHA BEGIM (1451, Hirot ?) — Husayn Boyqaroning xotini. 1457 — 64 y. larda Abu Caidning xoc kanizagi. 1469-y. Abu Sayd vafotidan soʻng Husayn Boyqaro nikohiga kirgan. Maʼlum fursatdan soʻng haramda ulugʻ bekalik oʻrnini egallagan. U Sulton Husayn Boyqarodan 2 oʻgʻil koʻrgan — kattasi Shohgʻarib Mirzo (1471—99), kichigi — Muzaffar Husayn Mirzo (1473—1509) (q. Muzaffar Mirzo).

Xadicha begim kichik oʻgʻlini valiahd qilib tayinlashga erishish uchun bor kuchini ishga solgan. Biroq, odatga koʻra, valiahdlik Badiuzzamonta tegishli boʻlgan. Ayni vaqtda Alisher Navoiy boshliq arkoni davlat valiaxdlikka Badiuzzamonning 11 yoshli oʻgʻli Muhammad Moʻmin Mirzoni (q. Moʻmin Mirzo) munosib hisoblagan. 1497-y. da otasi tomondan Muzaffar Husayn Mirzoning Astrobod hokimi etib tayinlanishi Husayn Boyqaro va Badiuzzamon oʻrtasida ixtilofning kelib chiqishiga sabab boʻlgan. Muzaffar Husayn Mirzo qoʻshini Astrobodni zabt etgan va Muhammad Moʻmin Mirzoni asir olib, Hirotdagi Ixtiyoruddin qalʼasiga qamagan. Xadicha begim vazir Nizomulmulk ishtirokida Muhammad Moʻmin Mirzoni zudlik bilan qatl qilish haqidagi farmonga muhr bostirib olgan, hukm oʻsha tundayoq ijro etilgan.

1506-y. Husayn Boyqaro vafot etgach, Xadicha begimning saltanat ishlariga aralashuvi tufayli taxtga 2 shahzoda — Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzo oʻtirgan. Shayboniyxon Hirotni egallagach (1507), X. b. ni amiri Shoh Mansur baxshi ixtiyoriga topshirgan.

Ad. Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1960; Fayziyev T., Temuriy malikalar, T., 1994; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.