VRACHNING SIR SAQLASHI

VRACHNING SIR SAQLASHI — vrachlar va b. tibbiyot xodimlarining bemorlar haqidagi maʼlumotlarni zinhor oshkor qilmaslik burchi. Yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi tugʻilganda hamda sud-tergov organlari va tibbiy muassasalar talab qilganda sir saqlanilmaydi. Vrachning sir saqlashi va umuman davolash-profilaktika muassasasi xodimlarining sir saqlashi OʻzRning sogʻliqni sakdash toʻgʻrisidagi qonunlari va vrach qasamyodida qayd etilgan. Tibbiyot xodimlari qonun bilan belgilangan Vrachning sir saqlashi burchini hamisha yodda tutishlari va unga qatʼiy amal qilishlari zarur.