VAGINIZM

VAGINIZM (lot. vagina — qin) , erzadalik — qin va chanoq tubi muskullarining tortishib qisqarishi; bu hol jinsiy aloqaga putur yetkazadi. Vaginizmda ayolning tashqi jinsiy aʼzosida roʻy beradigan ortiqcha ogʻriq sezuvchanlik er b-n yaqinlik qilish imkonini bermaydi. Shu sababdan ayol jinsiy aloqadan bezillab qoladi. Odatda bunday hol birinchi jinsiy aloqada qoʻpollikni sezgan ayoldagi ruhiy iztirob, qoʻrquv, erni xush koʻrmaslikda va ayrim hollarda tashqi jinsiy aʼzosida yalligʻlanish, jarohat boʻlgan ayollarda kuzatiladi. Baʼzan erkakning jinsiy zaifligi Vaginizmga sabab boʻlishi mumkin. Vaginizmning oldini olishda turmush qurayotgan yoshlarning mutaxassis tibbiy koʻrigidan oʻtishlari muhim.