V

V — oʻzbek kirill alifbosining uchinchi harfi. Bu tovush harf talaffuzida oʻpkadan chiqayotgan havo tovush paychalarini tebrantirib, ogʻiz boʻshligʻi opqali ikki lab orasidan sirgʻalib oʻtadi. Ikki varianti bor: lab-lab va labtish. Birinchisi oʻzbek tiliga oid soʻzlar (ov, qirov va b.), ikkinchisi oʻzga tillardan oʻzlashtirilgan soʻzlar (visol, vint va b.) tarkibida uchraydi. Oʻzga tilga oid (rus tili va u orqali oʻzlashgan) soʻzlar oxirida kelganda va jarangsiz undosh oldidan «f» tarzida talaffuz etiladi (mas., avtobus — aftobus, aktiv — aktif va h. k.) – 1929—39 y. larda amalda boʻlgan oʻzbek lotin alifbosida, shuningdek 1995-y. da qabul qilingan keyingi oʻzbek lotin alifbosida (21-oʻrinda) V koʻrinishiga ega. Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda V harfi oʻziga xos shaklda boʻlgan.