VOLFART PASHSHASI (Wohlfartia magnifl ca) — taxin pashshalar oilasiga kiradigan hasharot. Tanasi och kulrang, ustida qora dogʻlari bor, uz. 9 — 13 mm. Jan. Yevropa, Shim. Afrika, Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qanot chiqargani oʻtloqlar va yaylovlardagi oʻsimliklar gulida koʻp uchraydi. Volfart pashshasi urchish vaktida hayvonlar yashaydigan joylarga kelib, yetilgan (uz. 1 mm cha) lichinkalarini (120—160 tadan) hayvon tanasidagi yarachaqalarga, shuningdek koʻz, burun, ogʻiz shilimshiq pardalariga, quloq supralariga tashlab ketadi. Lichinkalarining yaralarda yashash davri 2,5—3 kun. V. p. yiliga.6-marta boʻgʻin berishi mumkin. Volfart pashshasi lichinkalari odamlarga ham tushishi mumkin. Ular odamning yara joyiga, teri burmalari yoki koʻz va burniga tushganda toʻqimalarni yeb, tuzalishi qiyin yaralar paydo qiladi.
Kurash choralari: lichinkalar yaradan pinset bilan terib tashlanadi, yara xlorformli suv, xlorofos eritmasi bilan yuviladi. Uy hayvonlari yarasidagi lichinkalar qirtishlab olinadi, yara lizol, volfartol, yodoform, kseroform, kreolin b-n yuviladi.