VINILXLORID

VINILXLORID, CH2=CHC1 — monoxloretilen, rangsiz gaz. Mol. m. 62,50; qaynash t-rasi — 13,8°, suyuqlanish t-rasi —158,4°, zichligi 983 kg/m3 (15°da). Xloroform, dixloretan va efirda yaxshi, suvda yomon eriydi. Vinilxlorid digaloidli hosilalardan bir molekula vodorod galogenidni tortib olish va atsetilen uglevodorodlariga bir molekula vodorod galogenid biriktirish yoʻli bilan olinadi. Vinilxlorid asosan polivinilxlorid, turli sopolimerlar, vinilidenxlorid va metilxloroform i. ch. da xom ashyo sifatida qoʻllaniladi.