VIKTORIYA (Victoria) ViktoriyaNyanza (Victoria Nyanza) , Ukereve — Ekvatorial Afrikadagi chuchuk suvli koʻl. Tanzaniya, Keniya va Uganda hududlarida. Dengiz sathidan 1134 m ba-landlikdagi Sharqiy Afrika tektonik bukilmasidajoylashgan. Mayd. 68 ming km2 (kattaligi jihatidan dunyoda 2-oʻrinda turadigan chuchuk suvli koʻl), uz. 320 km, eni 275 km. Oʻrtacha chuq. 40 m, eng chuqur joyi 80 m. V. — Viktoriya suv omborining bir qismi. Qirgʻoq chizigʻining uz. 7 ming km dan ortiq; qulay qoʻltiqlari koʻp, yarim orol, orol va buxtalar bor. Koʻl atrofi baland tekislik. V. ga quyiladigan daryolardan eng kattasi Kagera. Koʻlga yiliga oʻrta hisobda 114 km3 suv yigʻiladi (16 km3 daryolardan, 98 km3 yogʻindan). Viktoriya-Nil daryosi Viktoriyadan yiliga 21 km3 suv olib chiqadi, koʻldan 93 km3 suv buglanadi. Viktoriya suvi GES toʻgʻoni orqali tartibga solib turiladi. Viktoriyada boʻronlar boʻlib turadi. Koʻlda baliq koʻp, qoʻltiq va daryolarning quyilish joylarida timsohlar uchraydi. Sohilida odam va hayvonlarda tripanosomoz kasalligini tarqatuvchi setse pashsha tarqalgan. Kemachilik rivojlangan. Yirik portlari: Entebbe (Uganda), Mvanza, Bukoba (Tanzaniya), Kisumu (Keniya). Rubondo o. da milliy park tashkil etilgan. Viktoriyani 1858-y. da ingliz sayyohi J. Spik yevropaliklarga maʼlum qilgan.