VIBRATOR

VIBRATOR (lot. vibro — tebranaman) — 1) mexanik Vibrator — mexanik tebranish (titrash)lar hosil qiladigan qurilma; mustaqil ravishda yoki vibratsiya mashinalari va uskunalarning uzeli tarzida ishlatiladi. Materiallarni zichlash, mas., qurilishda gruntlarni shibbalash, beton krrishmalarni zichlash, quymalarni opokalardan chiqarish, inshoot, asbob va apparatlarning titrashga turgʻunligini sinash, qoziq qoqish va b. da qoʻllaniladi;

2) elektr V. — elektromagnit tebranishlarni vujudga keltiradigan (tebranish manbai boʻlgan) tok oʻtkazuvchi material yoki dielektrikdan iborat shtir, metall sim boʻlagi. Vibrator oddiy yoki murakkab antennalarning elementa sifatida ishlatiladi.