VESTFALIYA SULHI

VESTFALIYA SULHI — Germaniya, Shvetsiya, Fransiya bilan Muqaddas Rim imperiyasi oʻrtasida Vestfaliya (Germaniya) ning Myunster sh. da 1648-y. 24 okt. da imzolangan sulh. Yevropadagi 30 y. lik urushga barham berdi, uning oqibatida Yevropada sodir boʻlgan hududiy oʻzgarishlar, imperiyadagi diniy munosabatlar va siyosiy tuzumga oid masalalarni hal etdi. Shvetsiya va Fransiya imperiyaga qarashli ayrim yerlarni oʻz tasarrufiga oddi, Shveysariya va Gollandiya imperiya tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishdi. Oqibatda Germaniya kuchsizlanib, parchalana boshladi.