VENGRIYA FANLAR AKADEMIYASI

VENGRIYA FANLAR AKADEMIYASI — Vengriyaning oliy ilmiy muassasasi. 1825 i. tashkil etilgan. Budapesht sh. da joylashgan. 1949-y. gacha madaniymaʼrifiy va nashr etish ishlari bilan shugʻullangan. 1949-y. qayta tashkil etilib, Vengriya FA ga aylantirilgan. 1989 i. dan Vengriya Respublikasi FA. Akademiya tarkibida turli fanlar boʻyicha boʻlimlar mavjud. Akademiyada 180 dan ortiq akad., 100 ga yaqin muxbir aʼzo, 160 dan ziyod faxriy aʼzo bor. Akademiya tarkibida 40 ga yaqin i. t. instituta va ilmiy markaz ishlaydi. Akademiya bir qancha ilmiy jur. va davriy nashrlar chiqaradi. Kutubxonasi (1826-y. tashkil etilgan) da 1 mln. ga yaqin asar saqlanadi.