VENA DAVLAT OPERASI

VENA DAVLAT OPERASI (Wiener Staatsoper) — Yevropadagi yetakchi opera teatrlaridan. Avstriya musiqa madaniyatining yirik markazi. 1918-y. dan hoz. nomda. 17-a. ning oʻrtasida saroy operasi sifatida tashkil toptan. 18-a. ning ikkinchi yarmida Vena davlat operasi zaminida milliy opera uslubi shakllangan. 19-a. da mazkur teatrda nemis, avstriya, italyan va fransuz komlozitorlari (L. Betxoven, K. Veber, J. Rossini, J. Verdi, R. Vagner, Sh. Guno va b.) asarlari sahnalashtirilgan, 20-a. da mumtoz operalar bilan birga zamonaviy kompozitorlar asarlari qoʻyildi (K. Orf, P. Xindemit, F. Pulenk, I. Stravinskiy va b.). V. d. o. da Avstriya va Yevropa mamlakatlari yetakchi xonandalari, dunyoga mashhur dirijyorlar (B. Valter, O. Klemperer, V. Furtvengler, L. Bernstayn, G. Karayan va b.) faoliyat koʻrsatgan. Hoz. binosi 1869-y. da qurilgan.