VEKSLER

VEKSLER (Wechsler) Devid (1896.12.1, Lespedi, Ruminiya — 1981.2.5, Nyu-York-Siti) — amerikalik psixolog va psixiatr. Nyu-York unti tibbiyot kolleji klinik psixologiyasi prof. Belvyu shifoxonasining bosh psixologi (Nyu-York). Intellektni tadqiq etish boʻyicha mashhur. Intellektni oʻlchash Veksler shkalasi, «Xotiraning Veksler shkalasi» testlarining muallifi. Birinchi boʻlib verbal (nutqiy) va amaliy intellekt testlarini bir batareyaga birlashtirgan. Intellektdan tashqaridagi omillar gʻoyasini ilgari surgan. Veksler «yolgʻonni aniqpash detektori» moslamasidan birini taklif etgan. Asosiy ishlari intellekt nazariyalari, dinamikasiga, katta yoshdagilarda intellekt va xotiraning yoshga koʻra oʻzgarishi kabi masalalarga bagʻishlangan.