VEYSSIT

VEYSSIT (amerikalik ruda qazib oluvchi korxona rahbari P. Veys nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi CusTe3. Geksagonal singoniyali. Mayda donachalar holida. Rangi oq, yaltiroqligi metallsimon. Kattiqligi 3. S. ogʻ. 6. V. oltinli gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Kam uchraydi.

Oʻzbekistonda faqat Qoʻshbuloq (Qurama tizmasi) oltin konida topilgan. Veyssit Shvetsiya (Falun) va AQSH (GudXoup) oltin konlarida bor. V. oltin borligidan darak beruvchi mineral.