VEBER

VEBER (Weber) Alfred (1868.30.7, Erfurt – 1958.2.5, Geydelberg) – nemis iqtisodchi-sotsiologi. M. Veberning ukasi. Tarix va madaniyat sotsiologiyasi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Unga koʻra, tarixning borishi eng aqlli kishilar amalga oshiradigan maʼnaviy ijod jarayoni bilan belgilanadi.