VAHSHIYLIK

VAHSHIYLIK (varvarlik) – 18-19-a. lar fanida qabul qilingan madaniy-tarixiy davrlashtirishga koʻra, insoniyat tarixi 3 davrining (yovvoyilik, Vahshiylik, sivilizatsiya) oʻrtanchasi. 18-a. ning 60-y. larida shotland faylasufi A. Fergyuson taklif etgan. Bu xilda davrlashtirishni amerika tarixchisi va etnografi L. G. Morgan (1818 — 81) asoslab bergan. Unga koʻra, Vahshiylik kulolchilik ixtiro etilishi bilan boshlanib, yozuvlarning paydo boʻlishm b-n yakunlangan. Koʻp tadqiqotchilar bunday davrlashtirishni qoʻllamaydilar. Hoz. zamon fanida ibtidoiy tarix yangicha davrlashtirilmokda.

Vahshiylik koʻchma maʼnoda — oʻta shafqatsizlik, yovuzlik, qoʻpollikni anglatadi.