VASHINGTON

VASHINGTON — AQSHning shim.gʻarbidagi shtat. Shim. da Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 176,6 ming km2. Aholisi 5,2 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Olimpiya sh. Eng yirik shahri — Sietl. V. hududining koʻp qismi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi gʻarbida 4°, sharqida —2°, —3°, iyulniki gʻarbida 16—17°, sharqida 20—23°. Yillik yogʻin 400—2000 mm. Togʻlarida igna bargli oʻrmonlar bor. Daryolari (Kolumbiya va uning irmoqlari) sersuv. Bir qancha GES qurilgan. Gidroenergiyaga boyligi jihatidan AKSH shtatlari orasida 1-oʻrinda. Rangli va qora metallurgiya tarmoklaridan alyuminiy, ferroqotishma, elektrkimyo va atom sanoatlari taraqqiy etgan. Pyujet-Saundda kemasozlik korxonalari va harbiydengiz bazasi bor. Aviaraketa sanoati Sietlda («Boing» z-di) joylashgan. Vashington AQSHda yogʻoch tayyorlash va yogoch sanoati boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Fanera va qogʻoz ishlab chiqariladi. Baliq-konserva sanoati rivojlangan. Vashingtonda Kanadadan keltiril-gan neftni qayta ishlovchi z-d qurilgan. Q. x. kam taraqqiy qilgan. K-x. ga yarokli yerlarning yarmi ekinzor, qolgani yaylov. Dengiz boʻyi r-nlari sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Kolumbiya platosida bugʻdoy ekiladi, meva yetishtiriladi. Dengiz boʻylarida baliq ovlanadi. Vashingtondan muhim avtomobil va t. y. oʻtgan. Asosiy portlari — Sietl va Takoma.