VARBURG

VARBURG (Warburg) Otto Genrix (1883.8.10—1970.1.8) — nemis biokimyogari va fiziologi. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Berlindagi Hujayra fiziologiyasi in-ti direktori (1930-y. dan). Asosiy ishlari tirik hujayrada sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, fermentlar taʼsirida hujayraning nafas olishini oʻrganishga bagʻishlangan. Flavin moddasini kashf etgan (1932), flavin-adenindinukleotid (FAD, 1938) va nikotinamidadenindinukleotid (NAD) tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1931).