VAR

VAR (rus. volt-amper reaktivnыy — reaktiv volt-amper) — oʻzgaruvchan tok reaktiv quvvat birligi: Q=IUsmq, bunda f — sinusoidal oʻzgaruvchan tok zanjirida tok / va kuchlanish (/orasidagi fazalar siljishi. Var var yoki var bilan belgilanadi. Var bilan vatt (elektr quvvati birligi) orasidagi farq fazalar siljishi f ga bogʻliq ravishda aniqlanadi.

BAP (sugʻdcha — qoʻrgʻon) — qad. Turkistonda mavjud boʻlgan istehkom turi; toʻrt tomoni mudofaa devorlari bilan oʻralgan qoʻrgʻon. Odatda sayhon yerda qurilib, asosan chorva mollari va uy parrandalarini dushmandan himoya qilishga moʻljallangan. Avestolati maʼlumotlarga koʻra, Var larning har bir tomoni bir ot chopimi (3 km) uzunligida boʻlgan. Dastlabki Varlar taxm. mil. av. 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan va keyinchalik katta-kichik qalʼali yirik qishloq yoki shaharlarga aylangan. Var soʻzi koʻpgina qad. shahar va qishloqpar nomlari tarkibiga kirgan. Mas., Dalvarzin, Varaxsha, Vardonze va b.