VAN EYK

VAN EYK (van Eyck) Yan [taxm. 1390, Maaseyk (?), Limburg —1441.9.7 da dafn etilgan, Bryugge] — niderland rassomi, Niderlandiya ilk Uygʻonish davri sanʼati asoschisi. Altar uchun ishlangan mahobatli liniy mavzudagi mujassamotlar Van Eyk ijodining choʻqqisidir; oʻzidan oldingi rassomlarning yutuqlarini rivojlantirdi va boyitdi, anʼanaviy sahnalarni mavjud olamning ulugʻvor va goʻzal tasviriga aylantirdi: «Gent altari» poliptixi (Gentdagi Avliyo Bavon soborida), «Kansler Rolen Bibi Maryami» (taxm. 1436, Luvrda, Parij) va b.

Yevropa rangtasvirida yirik portretchilardan boʻlgan Van Eyk ijodida portret alohida janrga aylandi, koʻkrakkacha, yarim burilgan holatdagi portret turi asoschilaridan («Timofey», 1432; «Qizil bosh kiyimdagi kishi», 1433; «Er-xotin Arnolfinlar portreti», 1434; «Rassomning rafiqasi Margarita van Eyk», 1439 va b.). V. E. ijodi oʻzidan keyingi sanʼatkorlar (mas., Italiyada Antonello da Messina va b.)ga kuchli taʼsir koʻrsatgan.