VANT-GOFF

VANT-GOFF (Vanʻt Hofl ) Yakob Xendrik (1852.30.8, Rotterdam —1911.1.3, Berlin) — golland kimyogari, fizik kimyo va stereokimyo asoschilaridan biri. Peterburg FAning xorijiy muxbir aʼzosi (1895-y. dan). Amsterdam (1878-y. dan) va Berlin (1896-y. dan) un-tlarining prof. 1874—75 y. larda uglerod atomining toʻrttala valent kuchlari tetraedrning uchlariga yoʻnalgan degan fikrni olgʻa surdi va organik birikmalarning molekulalarida atomlarning fazoviy joylashuv nazariyasini birinchi boʻlib bayon etdi. V.-G. kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi va termodinamikasi, suyultirilgan eritmalar nazariyasi sohasida yirik ishlar qildi. 1885—87 y. larda gaz qonunlarini suyultirilgan eritmalarga tatbiq qilish mumkinligini isbot etdi, eritmalardagi osmotik bosim qonunini taʼriflab berdi (1887), bu qonun V.-G. qonuni deb ataladi. V.-G. suv-tuz sistemalaridagi muvozanatni tadqiq etdi. Nobel mukofotining 1-laureata (1901).