VANNA

VANNA (nem. Wanna) — ichiga suyuq muhit (suv, eritma, erigan metall) solinadigan idish, shuningdek asosiy qismi shunday idishdan iborat boʻlgan apparat. Detallarga suyuq muhitda termik ishlov beriladigan qizdirish Vannasi, elektrolitik jarayonlar amalga oshiriladigan galvanik Vanna, bemorlarni mineral suvlar bilan davolashda (q. Vannalar), gigiyena maqsadlarida (maishiy korxonalar, turar joylarda) ishlatiladigan xillari bor.