VAN DEYK

VAN DEYK (van Dyck) Antonis (1599.22.3, Antverpen — 1641.9.12, London) — flamand rassomi. 1609-y. dan X. Van Balendan taʼlim olgan, yoshligidan portret bilan shugʻullangan. 1616—20 y. larda P. Rubens ustaxonasida yordamchi boʻlib ishlagan, uning ijodidan taʼsirlangan. Angliya qiroli Yakov I saroyida ishlagan davri (1620—21)da barokko tipidagi portretini nihoyasiga yetkazdi («Oilaviy portret», «P. Snay-dersning rafiqasi bilan portreta», 1621 va b.). Genuyaning zodagonlari tasvirlangan hashamdor portretlaridagi ajoyib kompozitsiyasi, teran qoramtir tuslarning goʻzalligi, zaminning tantanavorligida Venetsiya maktabining taʼsiri seziladi. 1632-y. dan Londonda qirol Karl I saroyida rassom boʻlib ishladi. Qirol va uning oilasi («Karl 1 ovda», taxm. 1635; «Karl I bo-lalari», 1637 va b.), saroy zodagonlari portretlarini yaratdi, ularda diqqatni holat, qomat va ranglar uygʻunligiga qaratdi.