VAN GOG

VAN GOG (van Gogh) Vinsent (1853.30.3, Grot-Zyundert, Gollandiya — 1890.29.7, Over-syur-Uaz. Fransiya) — golland rassomi, postimpressionizmning yetakchi namoyandasi. Bryussel (1880-81) va Antverpen (1885-86) dagi BAda, Parijdagi xususiy studiyada (1886—88) oʻqigan. Van Gog ijodi Yevropa madaniyatidagi murakkab burilish davrini oʻzida aks ettirdi. 1880-y. larning 1-yarmida qoramtir, xira ranglarda mehnat axli (xususan shaxtyorlar, dehqonlar, hunarmandlar) ga hamdardlik b-n yoʻgʻrilgan asarlar yaratdi («Dehqon ayol», «Kartoshka xoʻrandalari», 1885 va b.). Tanqidiy realizm anʼanalarini rivojlantirib, asarlarini obrazlarning taʼsirchan ruhiy kuchi, odamlarning dardi va tushkunligini chuqur his etish bilan boyitdi. 1886—88 y. larda impressionizm va yapon gravyurasi, P. Gogen asarlarini oʻrganadi. Shu davrda dadil erkin kompozitsiya yechimiga qurilgan hayotga muhabbat bilan toʻliq portret va manzaralar yaratdi («Tungi qahvaxona», 1888; «Overda yomgirdan keyingi manzara», 1890 va b.).