VAN ANSHI

VAN ANSHI (Van Sze-fu) (1021 — 1086) — xitoylik islohotchi; 1070—74 va 1075—76 y. larda birinchi vazir. Dehqonlarga davlat tomonidan qarz berish tizimini joriy qilgan, yollanma qoʻshin oʻrniga harbiy majbu-riyat yoʻli bilan jamlanadigan muntazam armiya tuzishni taklif etgan, bozor narxlarini tartibga solishga uringan. Islohotlarning aksariyat qismi 1085-y. bekor qilingan.