VANADIY RUDALARI

VANADIY RUDALARI — tarkibida vanadiy boʻlgan mineral hosilalar. Vanadiyning mikdori i. ch. ning hoz. talablariga javob beradigan va undan foydalanish iqtisodiy jihatdan fonda keltiradigan rudalar. Asosiy minerallari vanadinit, dekluazit, kuprodekluazit, karnotit, roskoelit. Titanomagnetit, magnetit, rutil va ilmenit rudali minerallarda qoʻshimcha holida uchraydi. Konlari magmatik, kontakt-metasomatik va gidrotermal. RF, JAR, AQSH, Kanada, Shvetsiya, Finlyandiya, Namibiya, Zambiyada yirik konlari bor.