VAN

VAN — Turkiyadagi shahar, Van elining maʼmuriy markazi. Van koʻlining jan.-sharqiy sohilida joylashgan. Aholisi 153 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. stansiyasi. Q. x. rayoni markazi. Oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari bor. Mil. av. 9—6-a. larda Van oʻrnida Urartu davlatining poytaxti — Tushpa joylashgan edi. Mil. av. 6—4-a. larda Tushpa Axomaniylar, 4—2a. larda esa Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan. Oʻsha davrdan shahar V. deb atalgan. Mil. av. 1-a. da Van ancha katta va mashhur shahar boʻlgan. 364-y. da Sosoniylar shohi Shopyp II ning qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan. 10-a. da Vaspurakan podsholigi tarkibidagi yirik shaharga aylandi. Vanni 1022-y. da Vizantiya, 1071-y. da Saljuqiylar davlati sultoni Alp Arslon qoʻshinlari, 14-a. ning 2-yarmida Temur qoʻshinlari egalladi. 17-a. dan turklar qoʻliga oʻtdi.