VALYUTA

VALYUTA (ital. valuta, lot. valere — qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz);

2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va b.).

19-a. gacha koʻpchilik mamlakatlarda kumush V. yoki bimetalizm pul tizimi keig tarkalgan edi. 19-a. dan boshlab, avvalo Angliyada, soʻng b. mamlakatlarda oltin V. koʻllanila boshladi. 20-a. ning 70-y. laridan boshlab, qogʻoz Valyuta, yaʼni oltin va kumushga almashtirilmaydigan banknot va qogʻoz pullar xarakterlidir. Ular inflyatsiyaga uchrab turadi, qadrsizlanadi, natijada davlat tomonidan devalvatsiya tadbirlari oʻtkaziladi (q. Valyuta kursы). Kursi barqaror Valyutalar qadri baland Valyutalar deyiladi. Valyutalar erkin almashtiriladigan (har qanday chet el valyutasiga cheklanmagan miqdorda almashtiriladi, har qanday mamlakatga erkin oʻtkaziladi), qisman almashtiriladigan (V. almashuvi u yoki bu egalar, u yoki bu Valyuta harakatlari bilan chegaralanadi), almashtirilmaydigan (bir mamlakat doirasida amal qiladigan) turlarga boʻlinadi. Xalqaro toʻlov muomalasi erkin almashtiriladigan yoki Xalqaro valyuta fondы belgilagan kurs boʻyicha erkin almashtiriladigan Valyuta bilan bajariladi. Xalqaro valyuta fondi AQSH dollari, Kanada dollari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar Valyutalari, Shveysariya franki, Shvetsiya, Yaponiya va b. bir qator davlatlarning Valyuta larini har qanday mamlakatlar Valyuta siga erkin almashtiriladigan Valyutaga kiritadi.

Oʻzbekistan Respublikasi milliy Valyuta birligi — soʻm 1994-y. 1-iyuldan muomalaga kiritilgan.

Eson Egamov.