VALYE

VALYE (Valier) Maks (1895.9.2, Bolsano — 1930.17.5, Berlin) — raketa texnikasi sohasidagi nemis ixtirochisi va konstruktori. Sayyoralararo uchishlarga doyr masalalar bilan shugʻullangan. Avtomobillar, samolyotlar, drezinalar, qayiqlar va b. ga reaktiv dvigatelni joriy qilish yoʻrigʻini ishlab chiqqan. Dvigatel oʻrniga poroxli raketa oʻrnatilgan poyga avtomobilini yasadi (F. Zander bilan bir-ga) va 1929-y. mart oyida sinab koʻrdi. Valye 1929-y. da qattiq yonilgʻida ishlaydigan 24 ta raketali poyga avtomobilini yasadi va sinab koʻrdi (bu mashina 230 km/soat gacha tezlikda yurdi), 1930-y. da suyuqlikli reaktiv dvigatellarni sinab koʻra boshladi, lekin sinovlarni oxiriga yetkaza olmadi: yonish kamerasidagi portlash oqibatida halok boʻldi.