VALTORNA

VALTORNA (nem. Waldhorn — oʻrmon bur-gusi) — mundshtukli puflama soz. Tovush tembrining nafisligi b-n boshqa mis puflama sozlardan farq qiladi. 19-a. ning boshida xromatik (ventilli) turi paydo boʻlgan. Unda joylashgan qoʻshimcha naychalar yordamida ijrochi asosiy havo yoʻlini uzaytirib, barcha xromatik tovushlarni chalishi mumkin. Hoz. Valtorna asosan «fa», baʼzan «sibemol» sozida chiqariladi. Diapazoni taxm. 3,5 oktava. Valtorna simfonik va puflama sozlar orkestrlarida, kamer ansambllarda va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi.